Yubiley bu shunchaki navbatdagi sana emas. Bu yangi bir bosqich, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va yangi maqsadlarni belgilash imkoniyatidir.
Bu kunlarga erishish uchun qancha mehnat va matonat kerak bo’ldi. Faoliyatimizni 5-10 ta xodimdan iborat kichik korxona sifatida boshlab, mana hozirda 70 dan ortiq malakali, professional xodimlarni mujassam etgan katta tashkilot bo’ldik va kecha korxonamizning 10 yilligini nishonlash ham nasib qildi.
Shunday yuqori natijalarga erishishda mehnatini, vaqtini ayamay, korxonamiz ravnaqiga ulkan hissa qo’shib kelayotgan har bir xodimimizga: avtomexaniklarimiz, savdo, avtoservis, ehtiyot qismlar, moliya bo’limlari xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Mahoratingiz, fidoyiligingiz va vazifalarni kelishilgan xolda, turli sharoitlarda hal qila olish qobiliyatingiz sababli, biz yuqori va samarali ko’rsatkichlarga erishdik.
Halol va professional mehnatingiz, cheksiz mehringiz uchun rahmat, rozi bo’ling!